Choy Haqida Talaygina ma'lumotlar
Choy nima? – degan savolga ko‘pchilik: "Bitta ichimlik-da" deb javob beradi. Shundayku-ya, O‘zbekistonda choy turmush tarzining an’anaviy bir bo‘lagi, odamlar o‘rtasida o‘zaro munosabat vositasi, ko‘pgina kasalliklar uchun dori-darmon, chanqoqbosdi ichimlik hisoblanadi. O‘zbek xalqi turmush tarzidagi o‘zaro aloqalarning tarixiy takomili jarayonida, hatto mehmondo‘stlikning choy bilan bog‘liq ayrim shakllari ham mavjud.
Chunonchi, "Choyxona bazmi" – bir choynak choyni rezalab, do‘stlar bilan suhbat qurib hordiq chiqarish. "Kelinchak qo‘lidan choy" – yangi turmush qurganlarning mazkur oila hayotidagi dastlabki mehmon kutish izdahomi. "Bir piyola choyga taklif" – mehmonnavozlikning bemavrid shakli bo‘lib, do‘stlarni choy bilan siylash.
Barcha mehnat va bo‘sh vaqtimiz ham u yoki bu tarzda choy ichish bilan kechadi: nonushtada choy ichamiz, mehmondorchiliklar bir piyola choydan boshlanib, choy bilan yakunlanadi. Do‘stlarni, tanish-bilishlarni, hamkasblarni uchratib qolsak: "Choy quyib beraman", deb uyga yoki choyxonaga taklif qilamiz. Uyda yolg‘iz qolsak, zeriksak ham choy damlab ichamiz, ishda bo‘lsak, zararli papiros chekish o‘rniga choy ichib xumordan chiqamiz. Yo‘lda bo‘lsak ham choy, cho‘lda bo‘lsak ham choy, bog‘da ham choy, tog‘da ham choy. Qizig‘i shundaki, qishda sovqotsak bir piyola choy ichishimiz bilan tanamizni isitadi. Yozning jaziramasida ichilgan qaynoq choy chanqoqni bosib salqinlatadi. ziyo-music.com saytidan olindi Shunday ham bo‘ladiki, vaqtida ovqatlana olmasak, och qoringa ichilgan choy nafsni orom oldiradi. Agar ko‘p ovqat yegan bo‘lsak ham choy, ziyo-music.com yolg‘iz choy hazm qilishga yordam beradi. Barcha spirtsiz ichimliklar qatorida choy biz uchun asosiy o‘rinda turadi, sihat-salomatligimiz uchun ham muhim ahamiyatga ega. Uyqusirab qolganda choy ichilsa sergaklantiradi, uxlab turib ichilgan choy chehrani ochadi. Bosh og‘rig‘ini choy qoldiradi, ko‘ngil aynisa choy bosadi.
Ana shunday xosiyatga egaligi uchun choyni go‘dakdan tortib qariyagacha, sog‘lom kishidan bemorgacha – barcha ichadi. Choy shunday ne’matdirki, u asablarga orom berib, tanani bardam, baquvvat qiladi. Shularni o‘ylab: "Agar choy ichmasang, quvvatni qaydan olasan?" – degan xalq naqlining bejiz aytilmaganiga ishonch hosil qilasan kishi.
Choyning ajoyib xususiyatlari qalamkashlarni ham ilhomlantirgan. Unga atab shoirlar she’rlar, dostonlar bitishgan, olimlar kitoblar baxshida etishgan. Choy haqida yozilgan she’rlardan eng maqbuli choy mamlakati – Hindistonning atoqli shoiri va mutafakkiri Rabindranat Tagor qalamiga mansub bo‘lib, unda quyidagi misralar bor:
Chiqar hordiq doim ichsang choy,
Choydir nafosat, kuy,
g‘azal, chiroy.
Chop, azizim, kel, choy
ichaylik, choy,
Choydan ol madad, choy
quvvatga boy.
Darhaqiqat, choy – quvvatga boy ne’mat, hordiq chiqaruvchi, tetiklashtiruvchi, sermaltiruvchi bo‘lishi bilan birga uni parhez, shifobaxsh va dori-darmon vositalari qatoriga qo‘shmoq zarur.
Категория: Salomatlik sirlari | Добавил: Admin (08.Декабря.2019)
Просмотров: 92 | Рейтинг: 0.0/0
close