Tvorogli tort
Tvorog kalsiyga boyligi sabab bu tort juda foydali Masalliqlar: 250 gramm pechenye 350 gramm o'simlik-sariyog'li yog' 350 gramm shakar 900 gramm 5-9 % li tvorog 300 gramm smetana 500 gramm 35 %li yog'li qaymoq 350 gramm qiyom rezavor mevalardan pyure 1 osh qoshiq vanil shakari 41 gramm jelatin Boshlaymiz. Qadam 1 Barcha kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz. Qadam 2 Pechenyelarni blender yoki o'qlov yordamida maydalab olamiz. Qadam 3 Maydalangan pechenyelar ustida 2 osh qoshiq shakar va 150 gramm eritilgan yog'dan solamiz. Qoshiqda yaxshilab aralashtirib olamiz. Qadam 4 Cheti ochib-yopiladigan, aylanasi 28 sm li qolipga pechenyelarni solib, ustini yaxshilab bosib, tekislab chiqamiz. Qadam 5 Sovutgichga olib qo'yamiz. Qadam 6 35 gramm jelatin ustidan 100 millilitr sovuq suv quyamiz. Qadam 7 Alohida idishga xona haroratida yumshagan 200 gramm sariyog'ni solamiz, vanil shakarini va oz-ozdan 300 gramm shakarni solib, mikser yordamida ko'pirtirib olamiz. Qadam 8 Tayyor aralashmaga tvorog va smetanani oz-ozdan solib, ko'pirtiramiz. Qadam 9 Ivitilgan jelatinni 60-70 C darajagacha qizirib olamiz va chetga olib qo'yamiz. Jelatin qaynab ketmasligi kerak. Qadam 10 Qaymoqni esa alohida idishga solib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Qadam 11 Ko'pirtirilgan qaymoqni tvorogli aralashmaga solib, aralashtirib olamiz. Qadam 12 Hosil bo'lgan aralashma ustidan iliq jelatinni solib aralashtiramiz. Qadam 13 Pechenyelar solingan qolipga tvorogli aralashmani ham solamiz, ustini tekislab, 3-4 soatga sovutgichga olib qo'yamiz. Qadam 14 6 gramm jelatin ustidan 3 osh qoshiq suv solamiz va 20 daqiqaga bo'ktirib qo'yamiz. Qadam 15 Bu jelatinni ham 60 C darajaga qizdiramiz va rezavor meva sharbati yoki pyuresiga solib, aralashtirib olamiz. Qadam 16 Tvorogli qavat ustidan mevali qiyom yoki pyureni quyib, yana 2 soatga sovutgichga olib qo'yamiz. Qadam 17 Tayyor tortni qolipidan ajratamiz va dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha! ![]() | |
| |
Просмотров: 61 | |