Tvorogli pechenyelar
Bunday ajoyib pechenyelar uchun xamirni bir kecha oldin qorib qo’ysangiz, ertalab pishirib olasiz Masalliqlar: 2 ta tuxum sarig'i 100 gramm sariyog' 250 gramm tvorog bir chimdim tuz 1 choy qoshiq vanil shakari 1 choy qoshiq qabartma 120 gramm shakar 400 gramm un Boshlaymiz. Qadam 1 Tog'orachaga un va qabartmadan tashqari barcha masalliqlarni solamiz. Qadam 2 Yumshagan sariyog' va tvorogni sanchiq bilan ezib maydalaymiz. Un va qabartmani elab solamiz va xamir qorib olamiz. Qadam 3 Xamirni 2-3 mm qalinlikda yoyib olamiz va stakan yordamida aylana shaklchalar kesib chiqamiz. Qadam 4 To'rtta xamir bo'lakchalarini sal uchini teqizib, ustma-ust terib chiqamiz. Qadam 5 So'ng ruletga o'xshab o'rab chiqamiz. Pichoq yordamida ularning teng o'rtasidan kesamiz. Qadam 6 Atirgullarni pergament qog'oz to'shalgan patnisga teramiz va 180 C haroratda 20 daqiqa davomida pishirib olamiz. Qadam 7 Pishgan pechenyelarni ustidan shakar upasini sepamiz. Yoqimli ishtaha! ![]() | |
| |
Просмотров: 57 | |