Tvorogli desert
Agarda siz tvorogni pishirilgan ko’rinishida iste’mol qilishni afzal ko’rsangiz, demak sizga pishirilmagan xom tvorog yoqmaydi. Ammo hozirgi desertimiz tvorogni sevib qolishingizga majbur qilishi aniq. Chunki u shu darajada mayin chiqadiki, uning tarkibida tvorog mavjudigini sezmaysiz ham. Bu shirinlikka xohlagan meva yoki yong’oqlaringizdan qo’shib, yangicha ta’mlarga ega bo’lavering. Masalliqlar: 300 gramm tvorog 100 gramm shakarsiz yogurt 2 osh qoshiq kakao 15 gramm jelatin 80 millilitr suv 3 osh qoshiq shakar Boshlaymiz. Qadam 1 Jelatinni sovuq suvga solib, 15 daqiqa ivitib qo'yamiz. Qadam 2 Ivitilgan jelatinni qozonchaga solib, ozgina qizdirib eritamiz, lekin qaynatib ketmasin. Qadam 3 Shakar, tvorog, yogurt va kakaoni blender idishiga solib maydalab olamiz. Ustidan eritilgan jelatinni solib, aralashtirib olamiz. Qadam 4 Kremankalarga solib, 2-3 soatga sovutgichga olib qo'yamiz. Qadam 5 Tortishdan oldin ta'bga qarab ustini merenga, malina yoki har xil yong'oqlar bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha! ![]() | |
| |
Просмотров: 71 | |