“Trufel” pechenyelari
Kakao kukuni sepilgan konus shaklidagi pechenyelar “trufel” shokoladini eslatadi. Shuning uchun ham ushbu pechenyelar noodatiy tus olgan. Ushbu pechenyelar haqiqatdan ham og’izda eriydigan bo’lib pishadi. Masalliqlar: 250 gramm un 150 gramm yumshatilgan sariyog' 100 gramm shakar 4 ta pishgan tuxum sarig'i 2 osh qoshiq kakao kukuni 2 osh qoshiq shakar upasi Boshlaymiz. 1 Qadam. Tuxumni pishirib olamiz (suv qaynab chiqqanidan so'ng yana10 daqiqa qaynatamiz). Sovuq suv solib sovutamiz 2 Qadam Tuxumni po'stidan ajratamiz (faqat sarig'i kerak bo'ladi). Tuxum sarig'ini ezib, un holatiga keltiramiz 3 Qadam. Tuxum sarig'iga shakar, sariyog' va un solib xamir qoramiz. Xamirni uzoq qorish kerak emas 4 Qadam Xamirdan bo'lakchalar olib, ulardan diametri 2 santimetr keladigan koptokchalar yasab olamiz. So'ngra ularni konus shakliga keltiramiz 5 Qadam Shunday qilib pechenyelar yasab olamiz (bizda 18 grammdan 30 ta pechenyelar hosil bo'ldi) 6 Qadam Konuslarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz 7 Qadam 190 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga yuboramiz 8 Qadam Tayyor bo'lgan pechenyelarni ozroq sovutib, kakao kukuni va shakar upasi massasiga botirib olamiz 9 Qadam So'ngra yaxshilab sovutib olamiz. Yoqimli ishtaha! ![]() | |
| |
Просмотров: 69 | |