Shokoladli tort
Shokoladli biskvit va unga surtilgan sariyog’-shokoladli krem ajoyib uyg’unlik bo’lib, ta’m jihatidan ham, ko’rinishi ham barchaga birdek manzur bo’lishi aniq.
Masalliqlar: BISKVITIGA:

4 ta tuxum
120 gramm shakar

100 gramm un
20 gramm kakao kukuni

KREMIGA:

150 gramm yumshatilgan sariyog'
70 gramm shakar upasi

60 gramm quyultirilgan sut
1 ta o'ramcha vanil shakari

15 gramm kakao kukuni
1 choy qoshiq konyak

QIYOMIGA:

75 gramm shakar
80 millilitr iliq suv

Boshlaymiz. Qadam 1

Bizning retsept asosida biskvit tayyorlab olinadi va 8 soat xona haroratida qoldiriladi.
Qadam 2

Tortni yig'ishdan yarim soat oldin krem tayyorlab olinadi.
Qadam 3

Qiyom uchun biroz issiqroq suvga shakar solib aralashtirib eritamiz va sovitib olamiz. So'ng biskvitni o'rtasidan kesamiz.
Qadam 4

Pastki qavatiga qoshiq yordamida qiyomdan quyib chiqamiz va kremning teng yarmini surtamiz.
Qadam 5

Ikkinchi qavatini yopib, usti va chetlariga kremdan surtib chiqamiz.
Qadam 6

Xohishga qarab ustini bezatamiz Yoqimli ishtaha!
Категория: Pazandalik Sirlari | Добавил: Admin (25.Мая.2020)
Просмотров: 65 | Рейтинг: 0.0/0
close