Shokoladli salyami
Shokoladli salyami – yangi yil dasturxonini bezaydigan ajoyib pishiriq bo’lib, shirinlikni yoqtiradigan, lekin pishir- kuydirga toqati yo’q bekajonlar uchun ayni muddao.
Bu retsept hech kimdan yuksak mahoratni talab qilmaydi. Choy yoki qahva bilan juda yaxshi iste’mol qilinadi.

Masalliqlar:

400 gramm pechenye
100 gramm qora shokolad

150 gramm sariyog'
3 osh qoshiq kakao kukuni

1 banka quyultirilgan sut
150-200 gramm yong'oq

ustiga sepish uchun shakar upasi
Boshlaymiz. Qadam 1

Sirli idishda shokolad bilan sariyog' eritiladi.
Qadam 2

Keyin shakar, kakao va quyultirilgan sut qo'shiladi. Hammasi qaynash darajasiga yetkaziladi. Qaynash jarayoni boshlanganda darhol gaz plitasi ustidan olinadi.
Qadam 3

Alohida idishga pechenyelar uncha katta bo'lmagan bo'laklarga bo'linadi va yong'oq qo'shiladi.
Qadam 4

Qaynoq shokoladli massaga pechenyelar solinadi va aralashtiriladi. Aralashtirish jarayonida massamiz quyuqlashadi va silliqroq holatga keladi.
Qadam 5

Stol ustiga oziq-ovqat pelyonkasi to'shaladi va ustiga hosil bo'lgan massa solinadi. Pelyonkaga o'rab, kerakli shakl beriladi va 3-4 soatga muzlatgichga olib qo'yiladi.
Qadam 6

3-4 soatdan keyin ustidagi pelyonka olinadi va shakar upasiga botirib olinadi. Yoqimli ishtaha!
Категория: Pazandalik Sirlari | Добавил: Admin (25.Мая.2020)
Просмотров: 77 | Рейтинг: 0.0/0
close