Shokoladli ponchiklar
Yog’da qovurilmaydigan, aksincha pechda pishiriladigan ajoyib ponchiklar 
Shokoladning ajoyib tami ponchiklarni yanada mazaliroq qiladi va ushbu yog’da qovurilmagan ponchiklar sizning taomnomangizdan tez-tez tayyorlanib turadigan shirinliklar sirasidan joy oladi. 

Masalliqlar: 
100 gramm sariyog' 
150 gramm shakar 

2 ta tuxum 
190-200 gramm un 

20 gramm kakao kukuni 
120 gramm iliq sut 

6 gramm qabartma 
ta'bga ko'ra vanil shakari 

bir chimdim tuz 
USTIGA 

100 gramm sutli yoki achchiq shokolad 
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq 

ta'bga ko'ra sepish uchun bezaklar 
Boshlaymiz. 1 Qadam 
Ponchiklar uchun mo'ljallangan qolipni yog'lab olamiz 
2 Qadam 
Unni kakao kukuni, qabartma va tuz bilan aralashtiramiz 
3 Qadam 
Sariyog'ni shakar bilan ko'pirtirib olamiz (mikser yordamida 5 daqiqa) 
4 Qadam 
Aralashtirish jarayonida tuxum va vanil shakarini qo'shamiz 
5 Qadam 
So'ngra unli massa va iliq sutni navbatma-navbat solib aralashtiramiz 
6 Qadam 
Xamirni qandolat qopchasiga solib, qopcha burchagini kesamiz 
7 Qadam. 
Xamirni yog'langan qoliplarga quyib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 25 daqiqa pishirib olamiz 
8 Qadam 
Ponchiklar pishganini taxta tayoqchalar yordamida tekshiramiz 
9 Qadam 
Shokoladni bo'lakchalarga bo'lib, ustidan qaynab turgan qaymoqni quyamiz. Yaxshilab aralashtiramiz 
9 Qadam 
Sovugan ponchiklar ustidan shokoladli massani quyib, bezaklar bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha! 
Категория: Pazandalik Sirlari | Добавил: Admin (25.Мая.2020)
Просмотров: 56 | Рейтинг: 0.0/0
close