Shokoladli pechenyе “Brauni”
Pechenyelarning ichki qismi yumshoq va ozroq cho’ziluvchan bo’lib, sirti esa quruq va mazali ko’rinishda bo’ladi.
Masalliqlar:
100 gramm qora shokolad
60 gramm sariyog'

125 gramm shakar
1 ta tuxum

65 gramm un
20 gramm kakao kukuni

1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz

Boshlaymiz. 1 Qadam
Shokoladga yumshatilgan sariyog' qo'shib, mikroto'lqinli pechga (15 soniyadan) eritishga qo'yamiz
2 Qadam
Tuxum bilan shakarni ko'pik hosil qilib, massa 2-3 martaga ko'paygunicha aralashtiramiz
3 Qadam
Tuxum va shakarga shokolad va sariyog' aralashmasini qo'shamiz va yaxshilab aralashtiramiz
4 Qadam
Boshqa idishda un, kakao kukuni qabartma va tuzni aralashtiramiz va asosiy massamizga qo'shamiz
5 Qadam
Tayyor bo'lgan massani 15 daqiqaga muzlatgichga qo'yamiz
6 Qadam
Tayyor bo'lgan xamirdan vazni 40-45 gramm keladigan(8-10 dona) koptokchalar yasaymiz va gaz pechi patnisiga bir-biridan 8-10 santimetr oraliqda joylashtirib chiqamiz
7 Qadam
180 darajada qizitilgan gaz pechida 12 daqiqa pishiramiz
8 Qadam
Aynan 12 daqiqa, undan ko'p emas! Pechenyelar juda yumshoq bo'lib pishadi
9 Qadam
Xatto sizga xom ko'rinishi mumkin, ammo unday emas. Agar ularni ko'proq pishirsangiz odatdagidek qattiq, qarsildoq pechenyelar hosil bo'ladi. Yoqimli ishtaha!
Категория: Pazandalik Sirlari | Добавил: Admin (25.Мая.2020)
Просмотров: 80 | Рейтинг: 0.0/0
close