Shokoladli nayskrim
Nayskrim deb, qomatga zarar keltirmaydigan shirinliklarga aytiladi. Bunday ajoyib shirinlikni bolalarga muzqaymoq o’rniga tayyorlab bersangiz, foydali yegulik bilan ularni siylagan bo’lasiz.
Banan bu yegulikning asosiy masalliqi sanaladi. Muzlatilgan bananlar esa, muzqaymoqqa juda o’xshab ketadi.

Bu shirinlikka har xil yong’oqlar va rezavor mevalar qo’shib, ularni boyitishingiz mumkin.
Masalliqlar:

2 dona banan
2 osh qoshiq kakao kukuni

ta'bga qarab har xil rezavor mevalar yoki yong'oqlar
Boshlaymiz. Qadam 1

Bananlarni po'stidan ajratib olamiz, parrak-parrak qilib to'g'rab, oziq-ovqat pelyonkasiga solamiz va 1 soatga muzlatgichga solib qo'yamiz.
Qadam 2

So'ng muzlagan banan bo'lakchalari va kakaoni blender idishiga solamiz va yaxshilab ezamiz.
Qadam 3

Tayyor bo'lgan aralashmani billur idishga solamiz va ustini xohishga qarab bezatamiz. Yoqimli ishtaha! Yoqimli ishtaha!
Категория: Pazandalik Sirlari | Добавил: Admin (25.Мая.2020)
Просмотров: 60 | Рейтинг: 0.0/0
close