Shokolad-yalpizli pechenyelar
Ichi yumshoq va nafis, usti esa qarsildoq bo’lgan, shokoladga to’yinib pishgan pechenyelar.
Agar unga ozroq yalpiz yaproqchalari qo’shilsa bormi, taraladigan hiddan barchani bir yerda jamlashingiz yanada osonroq kechadi.

Masalliqlar:

190 gramm un
100 gramm shakar

80 gramm sariyog'
70 gramm qora shokolad

20 gramm kakao
2 ta tuxum

1 choy qoshiq qabartma
0.5 choy qoshiq vanil shakari

2-3 osh qoshiq shakar upasi
15 gramm yalpiz yaproqchalari

Boshlaymiz. Qadam 1

Sariyog' va shokoladni mikroto'lqinli pech yoki suv bug'ida eritib olamiz
Qadam 2

Yalpizning faqat yaproqchalarini shakar bilan aralashtirib, blenderda maydalab olamiz
Qadam 3

Tog'orachaga sariyog', shokolad, tuxum, yalpiz va vanil shakarini solib, aralashtirib olamiz
Qadam 4

Un, kakao va qabartmani aralashtirib, elab olamiz
Qadam 5

Suyuq va quruq masalliqlarni birlashtirib, tezda xamir qoramiz, so'ng ustini yopib, 1 soatga sovutgichga olib qo'yamiz
Qadam 6

Bir osh qoshiqdan xamir olib, aylana shaklga keltiramiz va shakar upasiga belab, pergament qog'oz to'shalgan patnisga terib chiqamiz
Qadam 7

180 C darajada qizigan pechda 7-10 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Категория: Pazandalik Sirlari | Добавил: Admin (25.Мая.2020)
Просмотров: 71 | Рейтинг: 0.0/0
close