Quruq mevalardan pirog
Bugun sizlarga ko’p marotaba tayyorlab ko’rgan quruq mevalar bilan pishiriladigan pirog retseptini taqdim etamiz.
Bunday pirog har qanday dasturxonga ko’rk bag’ishlashi aniq.

Masalliqlar:
XAMIRIGA:
250 millilitr sut

8 gramm quruq xamirturush
1 osh qoshiq shakar

75 gramm sariyog'
0.5 choy qoshiq tuz

1 dona tuxum
ASOSIGA:

200 gramm olma
100 gramm turshak

100 gramm quritilgan olxo'ri
100 gramm mayiz

50 gramm sariyog'
yarimta apelsin

50 gramm shakar
0.5 choy qoshiq dolchin

50 millilitr qizil vino
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut

Boshlaymiz. 1 Qadam
Iliq sutga xamirturush, shakar va unning 200 grammini solamiz. Aralashtirib, ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopib, 25 daqiqa iliq joyda qoldiramiz
2 Qadam
Bu vaqt mobaynida u ikki hissaga ko'tarilishi kerak
3 Qadam
Xamirturushli aralashma tayyor bo'lgandan so'ng, ustidan yumshoq sariyog' va tuxumni solib, mikser yordamida ko'pirtirib olamiz
4 Qadam
So'ng qolgan xamirni solib, xamir qorib olamiz
5 Qadam
Xamirni 7-10 daqiqa mushtlaymiz
6 Qadam
Xamirni kattaroq tog'orachaga olib, ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopib, iliq joyga 1.5-2 soatga olib qo'yamiz
7 Qadam. Xamir ko'tarilgunicha asosini tayyorlaymiz:
Quruq mevalar ustidan qaynoq suv quyib, 10-15 daqiqaga qoldiramiz
8 Qadam
So'ng suvini to'kib tashlab, sochiq ustidan terib, biroz quritib olamiz
9 Qadam
Turshak va quritilgan olxo'rini mayiz kattaligida to'g'rab olamiz
10 Qadam
Olmalarni archib, 3-4 mm kattalikda to'g'rab olamiz
11 Qadam
Tovaga sariyog'ni eritib olamiz. Quruq mevalarva olmalarni ham solamiz. Apelsin po'stini qirg'ichdan chiqarib solamiz, sharbatini ham siqib solamiz. Aralashtiramiz va shakar sepamiz
12 Qadam
Olma yumshaguniga qadar qovuramiz. So'ng vinoni quyib, u butkul bug'lanib ketguniga qadar qizdiramiz
13 Qadam
Vino qo'shmasa ham bo'ladi, ammo qo'shilganda ta'mi yanada mazaliroq chiqadi
14 Qadam
Gazni o'chirib, aralashmani sovutib olamiz
15 Qadam
Xamirni teng ikkiga bo'lamiz. Birinchisini 3 mm qalinlikda yoyib, pergament qog'oz ustiga to'shaymiz
16 Qadam
Chetlaridan 1.5 sm dan joy qoldirib, asosini solamiz.
17 Qadam
Chetki bo'sh xamirlarni tepaga qaratib buklab chiqamiz
18 Qadam
Qolgan xamirni yana teng ikkiga bo'lamiz. Bittasi sal kattaroq bo'lsin. Uni yoyib, pirog ustini yopamiz.
19 Qadam
Chetlarini yaxshilab yopishtirib chiqamiz.
20 Qadam
Pirogni pergamnet qog'ozga teskarisiga ag'darib olamiz. Qolgan xamir bo'lagi bilan esa pirogni bezatamiz
21 Qadam
Pirogni xona haroratida 30 daqiqa qoldiramiz. So'ng ustidan tuxum sarig'i surtib, 175 C darajada qizigan pechda 35-40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Категория: Pazandalik Sirlari | Добавил: Admin (25.Мая.2020)
Просмотров: 134 | Рейтинг: 0.0/0
close