Oshirma xamirdan rogaliklar
Usti qarsildoq, ichi esa olmalar bilan to’ldirilgan xushta’m rogaliklar retsepti bilan tanishing. Bunday rogaliklar katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq.
Masalliqlar: XAMIRIGA:

2 choy qoshiq quruq xamirturush
200 illiitr sut

2 osh qoshiq shakar
30 millilitr o'simlik yog'i

350 hramm un
1 o'ramcha vanilin

bir chimdim tuz
ASOSIGA:

250-300 gramm olma
2 osh qoshiq shakar

ta'bga qarab dolchin
ustiga surtish uchun tuxum

ustiga sepishbuchun shakar
Boshlaymiz. Qadam 1

Sutni ilitib, yarmini alohida stakanga solamiz. Ustidan 1 osh qoshiq shakar, xamirturushni solib, aralashtirib olamiz. Ustini sochiq bilan 10-15 daqiqaga yopib qo'yamiz.
Qadam 2

Qolgan sutga tuz, shakar va o'simlik yog'ini solib, aralashtiramiz.
Qadam 3

Tog'orachaga unni elab solamiz, ustidan xamirturushli va yog'li sutlarni solib, xamir qorib olamiz.
Qadam 4

Xamir biroz qo'lga yopishadigan bo'ladi. So'ng xamirni ustini sochiq bilan yopamiz va 50-60 daqiqa iliq joyga olib qo'yamiz.
Asosini tayyorlaymiz Qadam 5

Olmalarni po'stini arxhib, mayda to'rtburchak ailib to'g'raymiz. Ustidan shakar va dolchinni solamiz.
Qadam 6

Oshgan xamirni to'rtga bo'lamiz va har birini 5 mm qalinlikda, aylana shaklda yoyib olamiz.
Qadam 7

Har bir xamirndan 8 ta uchburchakli segmentlar kesib chiqamiz va qalin uchiga 1 osh qoshiqdan asos solib, o'rab chiqamiz.
Qadam 8

Rogaliklarni gaz pexhi patnisiga terib chiqamiz va ustini sochiq bilan yopib 20-30 daqiqa iliq joyga olib qo'yamiz.
Qadam 9

So'ng tuxum sarig'ini ustidan surtamiz va shakardan sepib chiqamiz.
Qadam 10

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Категория: Pazandalik Sirlari | Добавил: Admin (25.Мая.2020)
Просмотров: 145 | Рейтинг: 0.0/0
close