Olmali sochma pirog
Oddiy masalliqlar va ajoyib natija barcha oila aʼzolaringizni quvontirishi aniq.
Masalliqlar:

1 stakan bug'doy yormasi
1 stakan un

1 stakan shakar
1 kilo olma

100 gramm sariyog'
1 choy qoshiq maydalangan dolchin

1 choy qoshiq qabartma
Boshlaymiz. Qadam 1

Dolchindan tashqari barcha quruq masalliqlarni birlashtiramiz.
Qadam 2

Olmalarni poʻsti va danagidan tozalab, qirgʻichning katta tishchasidan chiqarib olamiz. Dolchinni solib, aralashtirib olamiz.
Qadam 3

Qolipga sariyogʻ surtamiz va quruq aralashmani toʻrtga boʻlamiz.
Qadam 4

Avval bir qismini solib, ustidan olmaning 1/3 qismini solamiz, soʻng yana quruq massani solamiz.
Qadam 5

Shunday qilib, bizda 4 ta qavatli quruq (eng pastki va ustki qavati quruq aralashmadan boʻladi), 3 qavat olmali qavat hosil boʻladi.
Qadam 6

Eng oxirida sariyogʻni qirgʻichdan chiqarib, eng tepa qavatiga sepamiz.
Qadam 7

Gaz pechida 180 C haroratda 40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Категория: Pazandalik Sirlari | Добавил: Admin (25.Мая.2020)
Просмотров: 141 | Рейтинг: 0.0/0
close