Malinali vatrushkalar
Bunday vatrushkalarni ustidan shakar upasi sepib yoki malinali qayla bilan birga tortish mumkin. Masalliqlar: XAMIRIGA: 400 gramm un 1 ta tuxum 250 millilitr sut 50 gramm eritilgan sariyog' 50 gramm shakar 1 choy qoshiq vanil shakari bir chimdim tuz 7 gramm quruq xamirturush ASOSIGA: 400 gramm 5-9 % li tvorog 100 gramm shakar 1 dona tuxum oqi ustiga malina ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut Boshlaymiz. Qadam 1 Xamiriga: Tog'orachaga un, quruq xamirturush va tuzni solib, venchikda aralashtirib olamiz Qadam 2 Alohida idishga esa iliq sut, vanil shakari, shakar, tuxumni solamiz. Shakar to'liq eriguniga qadar aralashtirib olamiz Qadam 3 Ustidan eritilgan sariyog'ning yarmini solamiz va aralashtirib olamiz Qadam 4 Un o'rtasini chuqurcha qilib, suyuqlikni quyamiz. Un bilan suyuq aralashma birlashgandan so'ng, qolgan sariyog'ni quyib aralashtirib olamiz Qadam 5 Xamirni 3-5 daqiqa mushtlab, so'ng ustini yopamiz va iliq joyga 1 soatga olib qo'yamiz Qadam 6 Bir soat o'tgandan keyin xamirni yana bir bor mushtlab, yana 30-40 daqiqaga qoldiramiz Qadam 7 Xamir yana bir bor ko'tarilib bo'lgandan so'ng uni 16-18 bo'lakka bo'lamiz. Aylana shaklchalarga kiritamiz Qadam 8 Pergament qog'oz to'shalgan patnisga xamirlarni terib chiqamiz. Ustini pelyonka bilan yopib, 20 daqiqaga qoldiramiz Qadam 9 Asosini tayyorlaymiz: Tog'orachaga tvorog, shakar va tuxum oqini solamiz. Aralashtirib, chetga olib qo'yamiz Qadam 10 Piyolachaga tuxum sarig'i va 1 osh qoshiq sut solib aralashtirib olamiz. Ko'tarilgan xamir bo'lakchalari ustidan surtib chiqamiz Qadam 11 Bokal yoki stakan og'zini yog'lab, xamir bo'lakchalari ustidan bosib chiqamiz Qadam 12 Hosil bo'lgan chuqurchalarga tvorogli aralashmadan solib, 3-4 ta malinadan solib chiqamiz Qadam 12 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha! ![]() | |
| |
Просмотров: 122 | |