[color=gray]Bunday bulochkalarning ta’mi uning klassik variantidan deyarli farq qilmay, balki yanada mazaliroq chiqishini ta’minlaydi.
Masalliqlar:
400 millilitr iliq sut
150 gramm shakar
15 gramm quruq xamirturush
140 gramm sariyog'
2 ta tuxum
bir chimdim tuz
700-800 gramm un
ASOSIGA:
120 gramm tvorogli pishloq
50 gramm sariyog'
50 gramm shakar
400-500 gramm malina
20 gramm makkajo'xori kraxmali
GLAZURIGA:
200 millilitr qaymoq
6-7 osh qoshiq shakar upasi
Boshlaymiz. Qadam 1
Oshirma xamir tayyorlab olamiz:
Iliq sutga quruq xamirturush, shakar, yumshoq sariyog' va tuxumlarni solamiz. Silliq holatga kirgunicha ko'pirtirib olamiz
Qadam 2
Bir chimdim tuz va unni solib, yumshoq xamir qorib olamiz
Qadam 3
Eslatma: unning sifatiga qarab, u ko'proq yoki kamroq sarflanishi mumkin
Qadam 4
Xamirning ustini sochiq bilan yopamiz va 40-50 daqiqa iliq joyga olib qo'yamiz. Xamir ikki hissaga oshganidan so'nggina keyingi bosqichga o'tamiz
Qadam 5
Asosini tayyorlab olamiz:
Tvorog, yumshoq sariyog' va shakarni alohida idishga solib, ko'pirtirib olamiz
Qadam 6
Oshgan xamirni olib, 5-6 mm qalinlikda, to'rtburchak shaklda yoyib olamiz
Qadam 7
Malina va kraxmalni aralashtirib olamiz. Yoygan xamir ustidan tvorogli pishloq aralashmasini surtib, malinani sepib chiqamiz
Qadam 8
Xamirni ruletsimon shaklda o'raymiz
Qadam 9
5 sm qalinlikdagi bo'laklar kesib chiqamiz
Qadam 10
Bulochkalarni kattaroq qolipga terib chiqamiz. Ularning pishish jarayonida shishishi uchun orasiga oz-ozdan joy qoldirsak maqsadga muvofiq bo'ladi
Qadam 11
Qolipdagi bulochkalarni ustini sochiq bilan yopib, 15-20 daqiqaga qoldiramiz
Qadam 12
Yana ko'tarilgan bulochkalarni 190 C darajada qizdirilgan gaz pechiga qo'yib, 25 daqiqa davomida pishirib olamiz
Qadam 13
Glazurini tayyorlab olamiz:
Shakar upasi va qaymoqni aralashtirib olamiz
Qadam 14
Pishgan bulochkalarni gaz pechidan olamiz va ustiga glazurdan quyamiz. Biroz sovutib, so'ng esa iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!

|