Karamelli olmali pirog
Tayyorlash juda oson, ammo ta’mi umuman o’zgacha bo’lgan olmali pirog retsepti bilan tanishib oling! Karamelli quyma bu pirogga takrorlanmas ta’m bag’ishlaydi.
Masalliqlar:

XAMIRIGA:

300 gramm un

150 gramm muzdek sariyog'
50 gramm shakar upasi

1 dona tuxum
3 osh qoshiq muzdek suv

bir chimdim tuz
KARAMELLI QUYMASIGA:

140 gramm shakar
250 gramm smetana

100 millilitr sut
1 dona tuxum

1 dona tuxum sarig'i
50 gramm un

Boshlaymiz. Qadam 1

Xamiriga:

Tog'orachaga un, shakar upasi va tuzni solamiz. Alohida idishga esa suv va tuxumni solib, aralashtirib yuboramiz.
Qadam 2

Sariyog'ni qirg'ichdan chiqarib, un ustidan solamiz va qo'lda yaxshilab ishqalab olamiz. Tuxumli aralashmani ustidan quyib, xamir qorib olamiz.
Qadam 3

Xamirni yelim xaltaga solib, 1 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.
Qadam 4

Karamelli quymasi uchun:

Shakarni ikki qismga bo'lamiz. Bir qismini qozonchaga sepamiz va gazga qo'yib, qahrabosimon rangga kirgunicha eritamiz. So'ng qolgan qismini ham solib, eritib olamiz.
Qadam 5

Alohida idishga sutni quyib, qaynatib olamiz.
Qadam 6

Qaynagan sutni oz-ozdan karamel ustidan quyib, yaxshilab aralashtirib olamiz. Suyuqlikni sovutib olamiz.
Qadam 7

Alohida idishga un, tuxum, tuxum sarig'i va smetanani solib, aralashtirib olamiz. Sutli aralashma ustidan solib, venchikda silliq holatga kirgunicha aralashtirib olamiz.
Qadam 8

Qolipga sariyog' surtamiz. Xamirni ikkita pergament qog'oz o'rtasida yoyib olamiz va qolipga olamiz.
Qadam 9

Olmalarni po'sti va danakchalaridan ajratib olamiz. Parrak qilib to'g'rab, xamir ustidan terib chiqamiz.
Qadam 10

Ustidan aralashmamizni quyamiz. Bunda quyma butubn olmalarni ustidan quyilishi shart.
Qadam 11

180 C darajada qizigan pechda 40-45 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Qadam 12

Qolipida sovutib olamiz, so'ng esa kesib, dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Категория: Pazandalik Sirlari | Добавил: Admin (25.Мая.2020)
Просмотров: 178 | Рейтинг: 0.0/0
close