Jezerye» turkcha shirinlig
«Jezerye» turkcha shirinligi
Masalliqlar:

400 gramm qizil sabzi
200 gramm shakar

50 gramm yong'oq
200 millilitr suv

bulg'ab olish uchun ozroq kakos qirindisi
Boshlaymiz. Qadam 1

Qozonchaga qirg'ichdan chiqarilgan sabzi, 100 millilitr suv va shakar solamiz.
Past olovda suvi bug'lanib ketguniga qadar qaynatamiz.

Qadam 2

Yana 100 ml suvni solamiz va sabzi pyuresimon holataga kirguniga qadar qaynatib pishiramiz.
Qadam 3

Sabxi tayyor bo'lganini tekshirish uchun undan ozroq olamiz, ikkta barmoq o'rtasida ushlab unga aylana yoki uzunchoq shakl beramiz, agar bu amalga oshsa demak tayyor. Agar tayyor bo'lmasa, unda yana qaynatamiz.
Qadam 4

Tayyor pyurega maydalangan yong'oqdan solib, aralashtirib olamiz. Uzunchoq yoki to'rtburchak qolipga aralashmadannsolamiz, balandligi 1,5 sm dan oshmasligi kerak.
Qadam 5

Ustini oziq-ovqal pelyonkasini teqqizib yopamiz va 3-4 soatga sovutgichga olib qo'yamiz. So'ng olib, bo'laklarga kesib chiqamiz va kakos qirindisiga bulg'ab olamiz.
Категория: Pazandalik Sirlari | Добавил: Admin (25.Мая.2020)
Просмотров: 55 | Рейтинг: 0.0/0
close