«Bounty» shokolad
Ko’pchilikning sevimli shokoladlaridan biri «Bounty» ni uy sharoitida tayyorlash mumkinligini bilarmidingiz? 3 xil masalliq va 20 daqiqa bo’sh vaqt bo’lsa kifoya! Masalliqlar: 350 gramm kakos qirindisi 2 ta shokoladli plitka 1 banka quyultirilgan sut Boshlaymiz. Qadam 1 Kakos qirindisi va quyultirilgan sutni aralashtirib olamiz. Quyuq va yopishqoq massa hosil bo'ladi. Qadam 2 Aralashmadan uzunchoq shakllar yasab olamiz va qotguniga qadar muzlatgichga olib qo'yamiz. Qadam 3 Shokoladni suv bug'ida eritib olamiz va qotgan kakos batonchalarni avval ostki qismini shokoladga botirib olamiz. So'ng shokoladli tomonini ustga qilib, likopchaga teramiz va shokolad qotguniga qadar sovutgichga olib qo'yamiz. Qadam 4 So'ng muzalatgichdan olib, qolgan qismlarini shokoladga botiramiz va qotgunicha yana muzlatgichga olib qo'yamiz. Yoqimli ishtaha! ![]() | |
| |
Просмотров: 71 | |