Banan va Apelsinli pechenyelar
Banan va aplesin solib tayyorlaniladigan bunday pechenyelar nafaqat mazali bo’libgina qolmasdan, balki juda ham xushbo’y bo’lib pishadi! Pishirish jarayoni juda oson bo’lib, kechqurun choy bilan iste’mol qilishga juda qo’l keladi! Masalliqlar: 120 gramm banan 75 gramm sariyog' 125 gramm shakar 1 osh qoshiq qirg''ichdan chiqarilgan apelsin po'sti 220 gramm un 1 choy qoshiq qabartma bir chimdim iste'mol sodasi Boshlaymiz. 1 Qadam Bananlarni sanchiqda ezib olamiz yoki blenderda maydalaymiz 2 Qadam Yumshoq sariyog'ni shakar bilan birga kremsimon holatga kirgunicha aralashtirib olamiz. Ustidan esa banan, apelsin po'sti va sharbatini quyamiz 3 Qadam Unni qabartma va iste'mol sodasi bilan elab solamiz va yumshoq xamir qorib olamiz 4 Qadam Xamirdan yong'oq kattaligidek sharchalar yasab olamiz va pergament qog'oz to'shalgan patnisga terib chiqamiz 5 Qadam 180 C darajada qizigan pechda 15-17 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha! ![]() | |
| |
Просмотров: 120 | |