Apelsin sharbatidan sufle
Biron bir mazali shirinlik tayyorlashni istaysiz-u, lekin gaz pechini yoqib, un bilan ishlashni xohlamaysizmi? Bu issiq kunlarda qovun-tarvuz va mevalardan boshqasini xohlamaymiz. Bugun shunday mevalarning biridan mazali va yaxna sufle tayyorlaymiz. Bu ispancha shirinlikni Ispaniyada Flan de naranja deb ataladi. Tayyorlang va yaqinlaringizni mazali shirinlik bilan siylang!

Masalliqlar:

250 millilitr apelsin sharbati
100 gramm qaymoq

100 millilitr sut
175 gramm quyurtirilgan sut

7 gramm jelatin
KARAMELIGA:

3 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq suv

Boshlaymiz. Qadam 1

Avval karamelni tayyorlab olamiz. Qozonchaga shakar va suvni solamiz. O'rta olovga qo'yamiz, lekin qoshiq bilan aralashtiramiz. Qizg'ish karamel rangga kirgunicha qaynatamiz. Agarda siz sal taxirroq bo'lishini xohlasangiz, unda ko'proq qaynating. Agarda siz shirin karamelni yoqtirsangiz, unda karamelni qizartirib yubormang.
Qadam 2

Sufleni soladigan qolipga shakarli karamelni solamiz va sovutgichga olib qo'yamiz.
Qadam 3

Apelsin sharbatini siqib olamiz yoki tayyor sharbat ishlatamiz.
Qadam 4

Jelatinni sovuq suvga ivitib qo'yamiz.
Qadam 5

Toza qozonchaga sut, qaymoq va quyultirilgan sutni solamiz. O'rta olovga qo'yamiz. Tinmasdan kovlab turib, qaynash darajasiga keltiramiz. So'ng gaz ustidan olib, jelatinni solamiz. Aralashmani sovutib olamiz.
Qadam 6

Ustidan apelsin sharbatini solamiz va aralashtirib olamiz.
Qadam 7

Karamel solingan qolipni sovutgichdan olamiz va ustidan sufleni solamiz.
Qadam 8

Sufleni 4-5 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.
Qadam 9

So'ng sufleni olib, pichoq bilan qolipidan ajratamiz va ag'darib, dasturxonga tortamiz. Yoki qolipni 15 soniya issiq suv solingan idishga solib olsak ham, sufleni ajratib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Категория: Pazandalik Sirlari | Добавил: Admin (25.Мая.2020)
Просмотров: 78 | Рейтинг: 0.0/0
close